Abstract
Mazkur maqolada nutq madaniyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri hamda o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va muloqot madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, raqamli ta’lim platformalari va sun’iy intellekt vositalarining nutq madaniyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.
References
1.Mahmudov N. Til va nutq. – Toshkent: Ma’naviyat, 2013.
2.Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2007.
3.Yo‘ldoshev B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan, 2018.
4.Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2010