Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qish darslarida matn bilan ishlashning pedagogik va psixologik jihatlari yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining idrok etish, diqqat, xotira va tafakkur jarayonlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni inobatga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada matn tanlash, uni o‘rganish va tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarning yoshiga mos yondashuvlardan foydalanish zarurligi asoslab berilgan