Abstract
Ushbu maqolada yuqori tezlikdagi temir yo‘llarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, ularning transport tizimidagi o‘rni hamda iqtisodiy va ekologik ahamiyati tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallarini qurish va takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur transport turi yo‘lovchilar tashish samaradorligini oshirish, safar vaqtini qisqartirish, transport xavfsizligini ta’minlash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida yuqori tezlikdagi temir yo‘llarda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari, energiya tejamkor yechimlar hamda ularni rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi temir yo‘l transportini rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollari ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy temir yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va transport xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi
References
1. Hay W.W. Railway Engineering. – New York: John Wiley & Sons, 2018. – 850 p.
2. Vuchic V.R. Transportation for Livable Cities. – New Jersey: Rutgers University Press, 2017. – 352 p.
3. Campos J., de Rus G. Some Stylized Facts about High-Speed Rail: A Review of HSR Experiences Around the World. – Transport Policy, 2020.
4. Givoni M. Development and Impact of the Modern High-Speed Train. – Journal of Transport Geography, 2021.
5. Nash C. High-Speed Rail Investment and Assessment. – Transport Reviews, 2022.