Abstract
ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotida fenemon darajasiga chiqqan mumtoz ijodkorlardan biri , shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayot yo‘liga bag‘ishlangan , mustaqillik yillarida yozilgan eng yaxshi ma’rifiy romanlardan biri haqida mulohazalar qilinadi . Asar muallifi Xayriddin Sultonning “ Boburiynoma ” ma’rifiy romanida yoritilgan ekspeditsiya voqealari asosidan kelib chiqqan xulosalar nafaqat adibni yoki adabiyotshunos olimni xayratlantiradi balki , ozgina bo‘lsada kitobga mehri bo‘lgan kitobxonni ham befarq qoldirmaydi .
Adibdagi Bobur siymosiga bo‘lgan hurmat , muhabbat aralash hayratini romandagi har bir obrazga singdirganday go‘yo , yoki adibning bu siymoga bo‘lgan muhabbati xaqqi-hurmati ijodkorning atrofiga Boburga , uning ijod va hayot yo‘liga befarq bo‘lmagan insonlar yig‘ilishi , ekspeditsiya jarayonida duch kelishi xuddi oldindan rejalashtirilgandek ko ‘rinsada , keyin kitobxon yodiga bu voqealar faqat baddiy tasavvurda emas balki real hayotda bo‘layotgani yodiga tushib , voqealardagi ilohiy harakatni yana bir bor ichidan his qiladi
References
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR. BOBURNOMA 1992 TOSKENT
XAYRIDDIN SULTON. BOBURIYNOMA MA’RIFIY ROMANI 1997 TOSHKENT