Abstract
Iste’mol tovarlari bozori deganda ko‘pgina iqtisodchilar fikricha, sotuvchilar va xaridorlarning iste’mol tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlari, ularning o‘zaro aloqalari tushuniladi. Iste’mol tovarlar bozori har qanday mamlakatda bo‘lganidek O‘zbekistonda ham o‘z oldiga aholining ehtiyojlarini qondirishni oliy maqsad qilib qo‘ygan. Bunda, aniq tovar o‘zining aniq xaridorini topadi. Bu ehtiyoj to‘liq, o‘z vaqtida va kerakli miqdorda bajarilmog‘i lozim, aks holda salbiy holatlarni keltirib chiqarishi tayin. Iste’molchining talablari bu bozorda ayniqsa katta kuchga ega.
References
Salihov S.А. Tovarshunoslik asoslari.
Normahmatov R. Tovarshunoslik asoslari.
Маслова Т.Д., Божук С.Г., Ковалик Л.Н. Маркетинг.
Маккoннелл К.Р., Брю С.Л. Экономика: принципы, проблемы и политика. Фатхутдинов Р.А. Стратегический маркетинг.