OBSESSIVE-COMPULSIVE DISORDER KLINIK HOLAT TAHLILI VA DAVOLASH YONDASHUVLARI. O‘ZBEKISTON VA XALQARO TAJRIBA TAQQOSLANISHI
PDF
DOI

Keywords

OCD
obsesiv fikrlar
kompulsiv xatti-harakatlar
amitriptilin

How to Cite

OBSESSIVE-COMPULSIVE DISORDER KLINIK HOLAT TAHLILI VA DAVOLASH YONDASHUVLARI. O‘ZBEKISTON VA XALQARO TAJRIBA TAQQOSLANISHI. (2026). "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" Nomli Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 4(Maxsus son (ILMIY YUTUQLAR E’TIROFI), 720-729. https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/view/18579

Abstract

Obsessive-compulsive disorder (OCD) — surunkali va ko‘pincha progressiv kechuvchi ruhiy buzilish bo‘lib, obsesiv fikrlar va kompulsiv xatti-harakatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu maqolada 18 yoshli bemor misolida OCDning klinik kechishi, bosqichma-bosqich rivojlanishi, diagnostikasi hamda davolash yondashuvlari tahlil qilindi.

Klinik holatda bemorda asosan diniy mazmundagi obsesiv fikrlar kuzatilgan bo‘lib, kompulsiv xatti-harakatlar to‘liq shakllanmagan. Dastlabki davolash bosqichlarida polifarmatsiya (antipsixotiklar va trisiklik antidepressantlar) qo‘llanilgan, biroq ushbu yondashuv uzoq muddatli barqaror remissiyani ta’minlamagan. Keyingi bosqichda davolash strategiyasi qayta ko‘rib chiqilib, monoterapiya asosida amitriptilin qo‘llanilgan va bu bemorda sezilarli klinik yaxshilanish hamda barqaror remissiyaga olib kelgan.

Maqolada O‘zbekiston va xalqaro, xususan AQSh amaliyotida OCDni davolash yondashuvlari taqqoslab tahlil qilindi. Xalqaro tajribada selektiv serotonin qayta qabul qilinish ingibitorlari (SSRI) va kognitiv-bihevioral terapiya (CBT), ayniqsa Exposure and Response Prevention (ERP), “oltin standart” sifatida qo‘llanilishi ta’kidlandi.

Mazkur klinik holat OCDni davolashda individual va patogenetik asoslangan yondashuv muhimligini ko‘rsatadi hamda O‘zbekiston sharoitida psixoterapiya va zamonaviy davolash usullarini keng joriy etish zarurligini ta’kidlaydi.

PDF
DOI

References

American Psychiatric Association. Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders (DSM-5). 5th ed. Washington, DC; 2013.

National Institute for Health and Care Excellence. Obsessive-compulsive disorder and body dysmorphic disorder: treatment guidelines. London; 2005 (updated 2022).

World Health Organization. Mental health and behavioural disorders: global burden and epidemiology. Geneva; 2021.

Wayne K. Goodman et al. The Yale-Brown Obsessive Compulsive Scale (Y-BOCS): Development, use, and reliability. Archives of General Psychiatry. 1989;46(11):1006–1011.

Jonathan S. Abramowitz. The psychological treatment of obsessive-compulsive disorder. Canadian Journal of Psychiatry. 2006;51(7):407–416.

Dan J. Stein et al. Pharmacotherapy for obsessive-compulsive disorder. International Journal of Neuropsychopharmacology. 2012;15(8):1173–1191.

Edna B. Foa et al. Randomized, placebo-controlled trial of exposure and ritual prevention for OCD. American Journal of Psychiatry. 2005;162(1):151–161.

Michael H. Bloch et al. Meta-analysis of SSRI treatment for obsessive-compulsive disorder. Molecular Psychiatry. 2008;13:833–840.