Abstract
O‘zbek xalqi azal-azaldan boy tarixiy merosga va o’ziga xosligi sababli boshqa xalqlardan ajralib turadi. Mazkur maqolada o‘zbek xalqining XIX–XX asrlarda mustaqillikka erishish yo‘li tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishi, bu jarayonda mahalliy siyosiy kuchlarning zaifligi va ichki nizolarning salbiy ta’siri yoritiladi. Shuningdek, milliy ozodlik harakatlari, jadidchilik faoliyati hamda sovet davridagi qatag‘onlarning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri keng yoritilgan.
Maqolada Rossiya imperiyasining hududni bosib olish jarayonida “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilidan foydalangan holda xonliklarni bosqichma-bosqich mustamlakaga aylantirgani tahlil qilinadi. Bundan tashqari, sovet davridagi siyosiy repressiyalar, ayniqsa milliy ziyolilar va jadidlarning ta’qib qilinishi natijasida jamiyat rivojiga yetkazilgan zararlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi — tarixiy voqealarni tahlil qilish orqali milliy ozodlik kurashlarining ahamiyatini ochib berish hamda o‘tmish tajribasi asosida muhim tarixiy xulosalar chiqarishdan iborat. Muallif o‘zbek xalqining erkinlikka intilishi va milliy o‘zlikni saqlab qolish yo‘lidagi kurashini alohida ta’kidlaydi.
References
1.O‘zbekiston tarixi 9-sinf darsligi / XIX asrning ikkinchi yarimi – XX asr boshlari – Toshkent-2019. 19-65.
2.Jadidchilik harakati tarixi / B. Qosimov. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2005. – 112-150.
3.O‘zbekistonning eng yangi tarixi / A. Ziyo. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2012. – 210-245.
4.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch / I. A. Karimov. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 25-40.
5.Markaziy Osiyo Rossiya imperiyasi davrida / S. Abdurahmonov. – Toshkent, 2015. – 60-95.
