Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning yirik shaharlari sharoitida iqlim o‘zgarishiga moslashuv va shahar chidamliligini oshirish strategiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Buxoro, Nukus va Farg‘ona kabi shaharlarda urbanizatsiya, issiqlik oroli effekti, suv tanqisligi, chang-to‘zon, ekstremal haroratlar va infratuzilma bosimining kuchayishi asosiy xavf omillari sifatida ko‘rib chiqildi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, moslashuv choralari amalga oshirilmasa, iqlim o‘zgarishi O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 2050-yilga borib 10 foizgacha kamaytirishi mumkin; ayni vaqtda moslashuv investitsiyalarining foydasi xarajatlaridan 2–3 baravar yuqori bo‘lishi qayd etiladi . Maqolada shahar issiqlik oroli intensivligi, NDVI ko‘rsatkichi va shahar iqlim xavfi indeksidan foydalanish asosida moslashuv strategiyalarini baholash metodikasi taklif etiladi. Natijada “yashil–ko‘k infratuzilma”, soyali ko‘chalar, suv tejovchi landshaft dizayni, salqin tomlar, permeabil qoplamalar, xavfga asoslangan shaharsozlik va erta ogohlantirish tizimlari O‘zbekiston shaharlari uchun ustuvor yo‘nalishlar sifatida asoslanadi.
References
1. World Bank. Uzbekistan Country Climate and Development Report. Washington, DC: World Bank, 2023.
2. World Bank. Uzbekistan Climate Adaptation and Resilience Assessment: Foundations for Rapid, Robust and Inclusive Growth. Washington, DC: World Bank, 2024.
3. World Bank Group; Asian Development Bank. Climate Risk Country Profile: Uzbekistan. Washington, DC: World Bank, 2021.
4. IPCC. Climate Change 2022: Impacts, Adaptation and Vulnerability. Chapter 6: Cities, Settlements and Key Infrastructure. Cambridge University Press, 2022.
5. UNDP Uzbekistan. National Adaptation Plan Project in Uzbekistan. Tashkent: UNDP, 2019–2025.
6. C40 Cities. Good Practice Guide: Cool Cities. London: C40 Cities Climate Leadership Group, 2015.
7. C40 Knowledge Hub. How to Adapt Your City to Extreme Heat. C40 Cities, 2024.
8. National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan. Permanent Population by Region, 2025.
9. National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan. TOP-10 Most Populous Districts and Cities, 2025.
10. Lin H. et al. The Role of Urban Green Spaces in Mitigating Urban Heat Island Effects. Sustainability, 2025.
11. Huang C. et al. Analysis of the Impact Mechanisms and Driving Factors of Urban Land Surface Temperature. Scientific Reports, 2025.
12. European Environment Agency. Urban Adaptation to Climate Change. Climate-ADAPT, 2024.
