INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ETNOGRAFIZMLARNING SEMANTIK TABIATI VA LINGVOMADANIY TALQINI
PDF
DOI

Keywords

etnografizm, etnografik leksika, realia, madaniy-markirlangan birlik, leksik-semantik maydon, giponimiya, meronimiya, ekvivalentlik darajalari, lingvomadaniy talqin, ingliz tili, o‘zbek tili.

How to Cite

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ETNOGRAFIZMLARNING SEMANTIK TABIATI VA LINGVOMADANIY TALQINI. (2026). "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" Nomli Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 4(5), 163-166. https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/view/18392

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida etnografizmlar (muayyan xalqning turmushi, xo‘jaligi, urf-odati, marosimi, kiyimi, taomi, uy-ro‘zg‘or buyumlari va kasb-hunar amaliyotiga oid realiyalarni nomlovchi birliklar)ning semantik tabiati va lingvomadaniy talqini qiyosiy yondashuvda tahlil qilinadi. Etnografizmlar odatda boshqa madaniyatdagi predmet va tushunchalarga “to‘liq adekvat” kelmasligi, ya’ni ekvivalentlikning ko‘pincha qisman yoki nol darajada bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Tadqiqotda etnografizmlar tematik maydonlar bo‘yicha (marosim, kiyim, taom, uy-ro‘zg‘or, mehnat qurollari, ijtimoiy institutlar), semantik munosabatlar bo‘yicha (tur–jins, qism–butun, variantlilik, polisemiyalik) va pragmatik-stilistik funksiyasi bo‘yicha (milliy kolor, identitet signali, badiiy obrazlilik) kodlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, etnografizmlarning semantik yadrosi “denotat + ssenariy”dan iborat: birlik nafaqat predmetni, balki uni ishlatish konteksti, ijtimoiy rol va qadriyatlar bilan bog‘langan madaniy ssenariyni ham chaqiradi. Shu sababli lingvomadaniy talqin etnografizmni izohlashda majburiy bosqich bo‘lib, tarjima va qiyosiy tahlilda “freym/ssenariy mosligi”ni tekshirish asosiy mezonga aylanadi

PDF
DOI

References

Жеребило Т. В. “Этнографизмы” (termin izohi). Academic.ru (Lexicology Dictionary).

2. Terestyényi E. “Translating Culture-specific Items in Tourism Brochures” (realia/culture-specific items, ethnographic realia tasnifi). SKASE Journal of Translation and Interpretation, Vol. 6.

3. Xasanova K. “Studying ethnographic vocabulary in the Uzbek language” (o‘zbek etnografik leksikasi bo‘yicha sharh). Science Problems.

4. Hasanova K. B. “Linguistic studying Uzbek ethnographic words” (etnografizmlarni tematik guruhlash va xususiyatlari). Western European Studies (PDF).

5. Muxamadiyeva S. A. “Muhammad Yusuf she’riyati tilida etnografizmlarning leksik-semantik tahlili” (badiiy diskursda milliy kolor va madaniy kod). Interspp (PDF).