Abstract
Ushbu tezisda Surxondaryo viloyatining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari statistik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda yalpi hududiy mahsulot, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot, tarmoqlar tarkibi, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, mahalliy budjet daromadlari va respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar asosiy tahlil mezonlari sifatida tanlandi. 2024-yilda Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmi 54 354,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 105,9 foizga o‘sgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Surxondaryo viloyatining 2024-yil yalpi hududiy mahsuloti bo‘yicha statistik axborot.
2. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari. 2024-yilda asosiy kapitalga investitsiyalar bo‘yicha statistik axborot.
3. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yilgi mahalliy budjet bo‘yicha qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar.
5. Hududiy iqtisodiy rivojlanish va mahalliy budjetlar bo‘yicha rasmiy statistik materiallar
