Abstract
Ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoya va qissalarida yolg‘izlik motivining badiiy ifodalanish usullari tahlil qilinadi. Xususan, “Maymun yetaklagan odam”, “Og‘riq lazzati”, “Muolaja” hamda “Go‘ro‘g‘li yohud hayot suvi” asarlari misolida yozuvchining inson ruhiyatini tasvirlashdagi mahorati, ramziy obrazlardan foydalanishi, psixologik tahlil usullari va badiiy tafakkur xususiyatlari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida yolg‘izlikning nafaqat ijtimoiy, balki ekzistensial holat sifatida talqin etilishi, qahramonlarning ichki ziddiyatlari va ruhiy izlanishlari orqali ochib beriladi. Shuningdek, yozuvchi asarlarida qo‘llanilgan badiiy vositalar – ramziylik, metaforik ifoda, ichki monolog va psixologik detallar orqali insonning ichki olamini yoritishdagi o‘ziga xos uslub tahlil qilinadi.
References
1.Abduqodirov. R. Zamonaviy adabiy jarayonda inson muammosi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 182 b.
2. Zokirova. N. Inson va jamiyat munosabatlarining badiiy talqini. – Toshkent: Fan, 2023. – 198 b.
3. Zohidov. A. Badiiy tafakkur va ramziylik. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2022. – 204 b.
4.Asqarova. N. Zamonaviy nasrda ichki monolog masalasi. – Toshkent: Akademnashr, 2021. – 188 b.
5. Allayorov. M. Mustaqillik davri adabiyotida falsafiy izlanishlar. – Toshkent: Fan, 2023. – 210 b.
6. Esonov. D. O‘zbek adabiyotida shaxs va jamiyat munosabatlari. – Toshkent: Fan, 2022. – 205 b.
7. Bozorov. T. Adabiy tahlil va interpretatsiya muammolari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 169 b.
