Abstract
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi yuridik xizmat ko‘rsatish sohasiga ham kirib kelmoqda. Sun’iy intellekt huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, hujjatlar tahlili, shartnomalarni tuzish, sud qarorlarini prognozlash, yuridik maslahat berish kabi yo‘nalishlarda samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida uning huquqiy maqomi, javobgarlik masalalari, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kabi ko‘plab huquqiy masalalar yuzaga chiqmoqda.
