Abstract
Bu maqolada budjet tizimi va uning chegarasi hamda budjet chizig‘i haqida ma’lumotlar berilgan. Davlat budjeti davlat moliyasining markaziy bo‘g‘ini bo‘lishi bilan bir qatorda moliya tizimining ham asosini tashkil etadi. Davlat budjetining iqtisodiy tuzilishi va mazmuni bevosita davlatning funktsiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o‘z oldiga bir nechta vazifalarni qo‘yadiki, u vazifalarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda budjet mablag‘lari xizmat qiladi. Davlat budjetining kassali ijrosida g‘aznachilik tizimining bank tizimidan farqi shundaki, avvalo, budjet ijrosi jarayonida g‘aznachilik ikki oqimdagi pulmablag‘larini to‘playdi. Daromadlar va xarajatlar bir hisob raqamdan qilinadi, bunday tartib mavjud mablaglar bilan moliyalashtirish jarayonini tezlashtirishga imkon beradi.
References
1. O. G'aybullaev, U. O'roqov. O'zbekiston Respublikasida budjet tizimi va
jarayoni: O'quv qo'llanma . Toshkent: Baktria press, 2015, 168 b.
2. Malikov T., Xaydarov N. Budjet (tizimi, tuzilmasi, jarayoni). O'quv
qo'llanma. T.: Iqtisod-moliya, TMI-2008, 98b.
3. Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamqulov A.X. Budjet tizimi. O'quv
qo'llanma. “ VORIS-NASHRIYOT ”. 2012. 208 b
4. Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.-
9th ed. 2013.- 656 pages
5. Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice. CreateSpace
Independent Publishing Platform (4 Jun. 2016) USA.
6. Pulatov D., Nurmuxamedova B., “G'aznachilik”. Darslik. T: “SanoStandart”, 2014 y.
7. Qosimova G.A. “G'aznachilik”. O'quv qo'llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”,
2015 y.