Abstract
Kambagʻallik masalasi zamonaviy dunyoning eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolaridan biridir. Aholi turmush darajasini yaxshilash, kambagʻal oilalar va mahallalarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim vositadir. Ushbu tezisda tadbirkorlarni kambagʻal oila va mahallalarning rivojlanishiga jalb qilishning usullari, natijalari va istiqbollari koʻrib chiqiladi.