Abstract
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti manba’lari ma’lumotlariga qaraganda dunyo aholisi orasida keng tarqalgan somatik kasalliklar orasida qalqonsimon bez kasalliklarining tarqalish darajasi salomoqli o‘rinlarni egalab kelmoqda. Tireoid gormonlarning organizmda yetishmasligi yoki miqdorining oshib ketishi natijasida barcha organ va to‘qimalarda, ayniqsa, yurak qon-tomir tizimida morfologik va funktsional o‘zgarishlarni baholashga qaratilgan ilmiy izlanishlarni amalga oshirish dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda.