Abstract
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mustaqilligini e’lon qilgan kundan boshlab, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy sohalarida tub islohotlar amalga oshirishga kirishdi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi sammitidagi nutqida ta’kidlaganidek:
“O‘zbekiston-Hindiston aloqalarining ildizlari juda olis tarixga borib taqaladi. Ming yillar mobaynida xalqlarimiz o‘rtasida faol gumanitar almashinuvlar va savdo aloqalari bo‘lgan. Madaniyatlarimiz, an’analarimiz va ma’naviy qadriyatlarimiz bir-birini boyitib kelgan. Hindiston bilan an’anaviy yaqin, do‘stona va ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida mintaqaviy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini strategik ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilab olishni taklif etamiz.