“GO`RO`G`LI” DOSTONLARI TURKUMIDA PARI OBRAZINING TALQINI
PDF
DOI

How to Cite

“GO`RO`G`LI” DOSTONLARI TURKUMIDA PARI OBRAZINING TALQINI. (2024). Yangi O’zbekistonda Tabiiy Va Ijtimoiy-Gumanitar Fanlar Respublika Ilmiy Amaliy Konferensiyasi, 2(1), 162-164. https://universalpublishings.com/index.php/gumanitar/article/view/4042

Abstract

Xalq dostonlari  mifologiyasida pari obrazining ko`plab turlari mavjud. Xususan, daryo, dengiz bo`yida yashovchi xalqlar mifologiyasida “Suv parisi” , quruqlikda, cho`llarda, adir va tog`li hududlarda yashovchi xalqlar mifologiyasida “Pari”, “Ajina”, “Jin”, “Alvasti ” tarzida namoyon bo`ladi. Har bir xalq o`z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda bu obrazlarni turli xilda gavdalantiradi. Ezgulikka xizmat qiluvchi va yovuzlik urug`ini tarqatuvchi, insonlarni aldab suvga g`arq qiluvchi parilar haqida miflar to`qishgan. Bugungi kunda ham suv parilari haqidagi turli videolar internet tarmoqlari bo`ylab ko`p tarqalgan. Insonlar orasida bu hodisalarga ishonch yo`qligi aytilsa ham, ich-ichidan bu miflarning haqiqatga yaqinligiga inonch hosil qilganlar. Buning boisi azaldan xalqlar etnonimida miflarning ahamiyati juda katta bo`lganligi va aynan shu miflarga ishonib ulg`aygan xalqning ong ostidagi sezimlaridadir. O`zbek xalqi bolalarni tarbiyalashda to`polon qilmasliklari uchun turli “Alvasti” va ”Ajina”lar haqida qo`rqinchi ertak, matallar orqali sho`x bolalarni tartibga chaqirgan. Suv bo`ylarida o`ynamasliklari uchun ularga “Suv parisi”, “Yalmog`iz” haqidagi miflarni aytib, yolg`iz o`zi suv bo`yiga bormaslik, kechqurunlari cho`milmaslik haqida ko`p uqtirganlar.

PDF
DOI

References

Mif, Folklor va adabiyot. M. Jo`rayev va M.Narziqulova. “A.Navoiy” nashriyoti. Toshkent-2006.

Xorazm dostonlari Go`ro`g`li. S.R.Ro`zimboyev. “Xorazm” nashriyoti. Urganch-2004.

“Chinor” romani. A. Muxtor. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. Toshkent-2018.