Abstract
Turkiy tillardagi maqollarning til xususiyatlarini har tomonlama tadqiq qilish, ularni lingvomadaniy aspektda o‘rganish zamonaviy tilshunoslik uchun muhimdir. Pragmatik nuqtayi nazardan maqollar turli maqsadlarda, jumladan, kesatish, yupatish, o‘git berish, maslahat berish, saboq berish, ogohlantirish, tahdid qilish va h.k. qo‘llanishi mumkin. Biroq har qanday maqol ham lingvokulturologik tadqiqotlarning predmeti bo‘lavermaydi. Bu o‘rinda faqat muayyan xalq yoki etnosning tarixi, madaniyati, turmushi, ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan maqollarning o‘rganilishi lozim bo‘ladi. Maqollar boshqa lingvomadaniy birliklar kabi millat mentalitetni, madaniyatni, turmush tarzini oʻzida yorqin aks ettirishi zarur. “Tilning frazeologik fondi xalqning madaniyati va mentaliteti haqidagi eng qimmatli manbadir, unda xalqning afsonalari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari, odob-axloqi va hokazolar mujassamlashgan”, deb yozadi V.A.Maslova.
References
Yo‘ldoshеv B. O‘zbеk frazеologiyasi va frazеografiyasi masalalari. – Toshkеnt: Muharrir, 2013. – B.24.
Pirniyazova A. Qoraqalpoq tili frazеologik sistеmasi va uning stilistik imkoniyatlari. Filol.fan. dokt. (DSc.) diss. avtorеf. –Nukus, 2020. –S. 28.