Abstract
Ushbu tezisda zamonaviy taʼlim tizimida innovatsion texnologiyalarning o‘rni, ularning o‘quv jarayoniga taʼsiri hamda o‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya vositalari va raqamli taʼlim muhitining taʼlim sifatiga ta’siri yoritilgan. Innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik va tanqidiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.
