Abstract
Har qanday jamiyatning istiqbolli sivilizatsiyasi uning ta’lim-tarbiya maqomiga, yangicha ta’lim tizimi tarkibi va mohiyatiga, teran ma’rifiy madaniyatiga bog’liq. Zotan, yuksak ta’lim-tarbiya darajasigina jamiyatning, davlat va millatning kelajagini ta’minlaydigan, dunyo uzra nufuzini belgilaydigan yagona omil hisoblanadi. Hozirgi kunda mustaqil davlatimizning yagona maqsadi insonparvar, demokratik-huquqiy jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.