Abstract
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida O‘zbekistonda janoza va ta’ziya marosimlarining tashkiliy hamda kommunikatsion shakllarida yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. An’anaviy marosimlarning mahalla, qarindoshlik va qo‘ni -qo‘shnichilik
munosabatlariga asoslangan ijtimoiy mexanizmlari, shuningdek, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining ushbu jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Vafot haqidagi xabarni yetkazish, janozani tashkil etish va ta’ziya bildirish shakllarining raqamli muhit ta’sirida kengayishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etishning tashkiliy-institutsional ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. Marosimlarda an’anaviy qadriyatlar va zamonaviy kommunikatsiya vositalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar asosida xulosalar ishlab chiqiladi.