Abstract
Yuz nervi nevropatiyalari periferik nerv tizimi kasalliklari orasida muhim klinik muammolardan biri bo‘lib, yuz mushaklari parezi, mimik assimetriya, ko‘zni to‘liq yuma olmaslik, sinkineziyalar, kontrakturalar hamda turli darajadagi qoldiq nevrologik nuqsonlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yuz nervining periferik shikastlanishiga turli etiologik omillar sabab bo‘lsa-da, o‘rta quloqda uzoq davom etuvchi yiringli-yallig‘lanish jarayonlari alohida klinik ahamiyatga ega.