Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalar grafik tafakkurini rivojlantirishda animatsion texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Grafik tafakkur fazoviy tasavvur, obyektlarning shakli va tuzilishini tahlil qilish, grafik axborotni o‘qish hamda uni amaliy faoliyatda qo‘llash qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. An’anaviy grafik ta’limda statik tasvirlardan foydalanish ayrim murakkab fazoviy jarayonlarni tushuntirishda yetarli samaradorlik bermasligi mumkin. Animatsiya esa obyektlarning shakllanishi, harakati, o‘zgarishi va fazodagi o‘zaro munosabatlarini dinamik tarzda namoyish etish imkonini beradi. Maqolada animatsiyadan foydalanishning asosiy didaktik imkoniyatlari, grafik tafakkurning tarkibiy qismlari va uni rivojlantirish metodikasi yoritilgan.
References
1. Muslimov N. A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. – Toshkent: Fan, 2007. – 320 b.
2. Jo‘rayev R. H., Turg‘unov S. T. Ta’lim menejmenti. – Toshkent: Voris-nashriyot, 2006. – 264 b.
3. Tolipov O‘. Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – 260 b.
4. Abduraxmanov A., Perspektiva (ish daftari).−Toshkеnt: “TDPU rizografi”, 2005.
5. Davletov I.Y., Nurmetov M.R., Xo‘janiyozov Sh.R. Мuhandislik grafikasi.−Buxoro: “Bukhara hamd print”, 2022.