Abstract
Til – insoniyat tafakkurining ko‘zgusi bo‘lish bilan bir qatorda, uning ichki olami, ruhiy kechinmalari va qalb tebranishlarini tashqi olamga olib chiquvchi eng mukammal vositadir. O‘zbek tilshunosligining tadrijiy rivojlanish bosqichlariga nazar tashlasak, emotsionallik va ekspressivlik tushunchalari uzoq vaqt davomida bir-biriga sinonim yoki bir butunning ajralmas qismlari sifatida talqin qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Biroq, zamonaviy antropotsentrik tilshunoslik paradigmasi ushbu ikki hodisaning o‘zaro farqli va o‘ziga xos qirralarini aniq belgilab berishni talab etadi. Emotsionallik — bu til sohibining borliqqa, shaxsga yoki voqea-hodisaga nisbatan bo‘lgan subyektiv munosabati, ya’ni ichki hissiy reaksiyasidir. Bu hodisa inson psixologiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tilda quvonch, g‘azab, nafrat, qo‘rquv kabi fundamental his-tuyg‘ularni ifodalovchi leksemalar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, "suyanmoq" fe’li o‘zining denotativ (lug‘aviy) ma’nosida shunchaki jismoniy harakatni bildirsa, uning ma’no ko‘lami kengayib, ma’naviy madad ma’nosiga ko‘chganda, undagi emotsional yuksalish yaqqol ko‘zga tashlanadi
References
1. Abduaxatov A. Hissiyot ifodalovchi fe’llarning lisoniy tabiati. – Toshkent: Fan, 2018.
2. Mahmudov N. Tilning kognitiv va pragmatik jihatlari. – Toshkent: Akademnashr, 2021.
3. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008.
4. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 1-3-jildlar. – Toshkent: Akademnashr, 2012.
5. Hajiyev A. O‘zbek tili stilistikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983.