DAVLAT G‘AZNACHILIGIDA BYUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISHNI SUN’IY INTELLEKT VA BIG DATA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MONITORING QILISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
PDF
DOI

Keywords

Davlat g‘aznachiligi, byudjet mablag‘lari, sun’iy intellekt, Big Data, moliyaviy monitoring, risklarni aniqlash, mashinaviy o‘rganish, prognozlash, raqamli transformatsiya, davlat moliyasi, avtomatlashtirilgan nazorat tizimi.

How to Cite

DAVLAT G‘AZNACHILIGIDA BYUDJET MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISHNI SUN’IY INTELLEKT VA BIG DATA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MONITORING QILISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. (2026). Yangi O’zbekistonda Tabiiy Va Ijtimoiy-Gumanitar Fanlar Respublika Ilmiy Amaliy Konferensiyasi, 4(2), 91-95. https://universalpublishings.com/index.php/gumanitar/article/view/16692

Abstract

Mazkur maqolada davlat g‘aznachiligi tizimida byudjet mablag‘laridan foydalanishni sun’iy intellekt (SI) va Big Data texnologiyalari asosida monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish masalalari tadqiq etiladi. Zamonaviy sharoitda byudjet xarajatlari hajmining ortishi, moliyaviy operatsiyalar murakkablashuvi hamda shaffoflikka bo‘lgan talabning kuchayishi real vaqt rejimida tahlil va nazoratni ta’minlaydigan raqamli yechimlarni joriy etishni taqozo etmoqda.

Tadqiqotda davlat g‘aznachiligida mavjud monitoring tizimining institutsional va texnologik cheklovlari tahlil qilinib, Big Data asosida ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash infratuzilmasini yaratish hamda sun’iy intellekt algoritmlari orqali risklarni aniqlash va prognozlash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Xususan, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, kechiktirilgan to‘lovlar va moliyaviy intizom buzilishlarini erta aniqlash uchun mashinaviy o‘rganish modellari qo‘llash imkoniyatlari asoslab beriladi.

Maqolada SI va Big Data asosida avtomatlashtirilgan monitoring tizimini joriy etish davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish, inson omiliga bog‘liqlikni kamaytirish hamda byudjet jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslanadi.

PDF
DOI

References

1. Azmi, S.K., Vethachalam, S., & Karamchand, G. (2025). Predictive Analytics for National Budgeting and Expenditure: Leveraging AI/ML on the PFMS 2.0 Data Ecosystem. Journal of Information Systems Engineering and Management.

2. Gosangi, S.R. (2024). AI Powered Predictive Analytics for Government Financial Management: Improving Cash Flow and Payment Timeliness. International Journal of Artificial Intelligence Research and Development.

3. Aldemir, C. & Uysal, T.U. (2025). Artificial Intelligence for Financial Accountability and Governance in the Public Sector: Strategic Opportunities and Challenges.

4. Fedchenko, E., Lysenko, A., Vankovich, I. va boshqalar (2025). Impact of smart control models on financial and budgetary management in terms of digital transformation. Journal on Innovation and Sustainability RISUS.

5. Digital Transformation and Budgeting Efficiency: The Role of AI and Big Data in Financial Management. Az Zaida Jurnal Ilmu Multidisiplin (2025).

6. OECD (2025). AI in Public Financial Management: Governing with Artificial Intelligence.