Abstract
Pedagogik faoliyatda refleksiya madaniyatini rivojlantirishga doir zamonaviy va xorijiy yondashuvlarning mazmuni hamda ularni mahalliy ta’lim amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari yoritilgan. Refleksiv ta’lim, o‘z-o‘zini tahlil qilish, kasbiy hamkorlik, raqamli texnologiyalar va pedagogik tajribani baholashning o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, milliy pedagogik qadriyatlar va zamonaviy ta’lim talablari uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilgan.