Abstract
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyasini rivojlantirishda interaktiv mashqlardan foydalanishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, grammatik bilimlarini mustahkamlash, gap tuzish, matnni tushunish hamda o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv mashqlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularni tanlash mezonlari va samarali qo‘llash usullari ko‘rib chiqilgan. Tezisda “So‘zni top”, “Gapni davom ettir”, “Xatoni aniqlang”, “Klaster” va “Matnni qayta hikoya qilish” kabi mashqlarning metodik imkoniyatlari asoslab berilgan.