Abstract
Ushbu maqolada XIV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda yuzaga kelgan Temuriylar davri ilmiy-madaniy yuksalishining Gʻarbiy Yevropa ilm-fani va madaniyatiga koʻrsatgan taʼsiri tahlil qilinadi. Mirzo Ulugʻbek boshchiligidagi Samarqand ilmiy maktabi, uning rasadxonasi va astronomik jadvallari, shuningdek Gʻiyosiddin Koshiy kabi olimlarning matematik yutuqlari Yevropa fanining keyingi rivojiga bevosita va bilvosita taʼsir koʻrsatgani koʻrsatiladi.