Abstract
Maqolada o‘zbek, nemis va rus tillaridagi metaforalarni qiyosiy o‘rganishning metodologik tamoyillari yoritiladi. Qiyoslash asosi, tizimlilik, semasiologik va onomasiologik yo‘nalishlar, kognitiv modellashtirish, lingvokulturologik talqin hamda funksional-pragmatik tahlilning o‘zaro bog‘liqligi asoslanadi. Uch tildagi hayot, vaqt, hissiyot, yurak va yo‘l obrazlari misolida universal metaforik modellar bilan milliy madaniy variantlar farqlanadi.