Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek pedagogik diskursida ingliz tilidan o‘zlashgan anglizmlarning semantik derivatsiyasi, xususan, ma’no torayishi va ma’no kengayishi jarayonlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida ingliz tilining xalqaro ilmiy va kasbiy muloqot vositasi sifatidagi mavqeyi ortib borishi natijasida pedagogik terminologiyada ko‘plab inglizcha birliklar faol qo‘llanmoqda. O‘zlashgan birliklarning o‘zbek tilidagi qo‘llanishi jarayonida ularning dastlabki semantik mazmuni saqlanib qolishi bilan bir qatorda, yangi ma’nolar bilan boyishi, ayrim hollarda esa ma’no doirasining torayishi kuzatiladi. Tadqiqotda mazkur semantik o‘zgarishlarning lingvistik va ekstralingvistik omillari yoritiladi.