Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Ekologik tarbiyaning dolzarbligi global ekologik muammolar kontekstida asoslab berilgan hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda davlat o‘quv dasturlari, ilmiy-metodik manbalar va zamonaviy pedagogik yondashuvlarga tayanilgan.