Abstract
Ushbu maqolada pedagogik menejmentning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchining roli tubdan o'zgargan: u endi oddiy bilim uzatuvchi emas, balki ta'lim jarayonining samarali boshqaruvchisiga
aylanmoqda. O'qituvchining liderlik fazilatlari, shaxsiy menejmenti va jamoaviy ish ko'nikmalarining ahamiyati asoslanadi. Maqola pedagogik menejmentni joriy etish orqali ta'lim sifatini oshirish va o'qituvchilarning kasbiy charchashining oldini olish yo'llarini taklif etadi.