Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv o‘yinlardan
foydalanishning ahamiyati va samaradorligi o‘rganiladi. Interaktiv o‘yinlar
orqali bolalar mantiqiy va ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish, qarorlar
qabul qilish hamda tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradilar.
O‘quvchilar o‘yin jarayonida bilimlarni amalda qo‘llash imkoniyatiga ega
bo‘lib, jamoaviy ishni o‘rganadilar va o‘z fikrlarini himoya qilishni
o‘rganadilar. Shuningdek, maqolada o‘yinlarni ta’lim jarayoniga kiritish
bo‘yicha tavsiyalar beriladi va ularning afzalliklari tahlil qilinadi.