Abstract
Qaytalanuvchi siydik yo‘llari infeksiyalari (QSYI) bolalarda eng ko‘p uchraydigan bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, ularning takrorlanishi surunkali yallig‘lanish, buyrak parenximasida chandiqlanish va kelgusida surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar infeksiyaga moyillikning faqat anatomik yoki mikrobiologik omillar bilan emas, balki mezbon organizmning genetik xususiyatlari bilan ham bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, tug‘ma immunitetning muhim komponenti bo‘lgan Toll-like receptor 4 (TLR4) geni polimorfizmlari uropatogen mikroorganizmlarni tanish va ularga qarshi immun javobni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tezisda TLR4 geni polimorfizmlarining bolalarda qaytalanuvchi siydik yo‘llari infeksiyalaridagi o‘rni, ularning klinik ahamiyati hamda shaxsiylashtirilgan tibbiyotdagi istiqbollari tahlil qilinadi
References
1. John PP, Mike L, Mysorekar IU, et al. Urinary tract infections in children. Nature Reviews Urology. 2026.
2. Yu J, Pereira GMV, Allen-Brady K, et al. Genetic polymorphisms associated with urinary tract infection in children and adults: A systematic review and metaanalysis. American Journal of Obstetrics and Gynecology. 2024.
3. Aksu B, Afonso AC, Akil I, et al. Urine soluble TLR4 levels may contribute to predict urinary tract infection in children: The UTILISE Study. Pediatric Nephrology. 2024.
4. Sav NM, Eroz R, Kalay DN, et al. Investigation of TLR4 polymorphism in children with vesicoureteral reflux and renal scarring. Balkan Journal of Medical Genetics. 2024.
5. Agrawal P, Paunikar VM. Urinary Tract Infection in Children: A Narrative Review. Cureus. 2024