Abstract
O‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda motivlashtirish jarayoni samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda, samaradorlikning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- o‘qituvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakasi hamda tajribasi darajasini, dunyoqarashi, tasavvuri, qiziqishi va imkoniyatlarining belgilangan maqsadlarga mos kelishini ifodalovchi xususiyatlar;
- belgilangan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish natijalariga mos keluvchi motivlar, omillar va vositalarning o‘ziga xos xususiyatlari;
- o‘qituvchilar uchun zaruriy va qulay shart-sharoitlar yaratuvchi ijodiy muhitning o‘ziga xos xususiyatlari;
- davlat, jamiyat va shaxs ehtiyojlarining rivojlanishi, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari ishtirokchilarining ehtiyojlari va qoniqish hosil qilish jarayonlari;
- kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari ishtirokchilarining ilmiy-metodik ta’minoti.
References
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T.: «O‘zbekiston», 2017.
Ishmuxamedov R., Mirsolieva M., O’quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari. - T.: «Fan va texnologiya», 2014. -60-b.
Muslimov N.A. va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya-T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.