“O‘ZBEKISTONDA ARXITEKTURA YODGORLIKLARINING TASNIFI VA ULARNI SAQLASH, TA’MIRLASH, QAYTA TIKLASHNING EVOLYUTSIYASI
Keywords:
madaniy meros, arxitektura yodgorliklari, restavratsiya, konservatsiya, shaharsozlik, Temuriylar davri, masjidlar, maqbaralar, davlat siyosati.Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududidagi tarixiy-meʼmoriy yodgorliklarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda ularni saqlash va taʼmirlash masalalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimiy Baqtriya, Sogʻd, Xorazm va Fargʻona kabi sivilizatsiya markazlarining shaharsozlik madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarning meʼmoriy merosi va ularning Amir Temur hamda Temuriylar davrida yuksak darajada rivojlangani ilmiy asosda bayon etiladi.
Maqolada meʼmoriy yodgorliklarning asosiy turlari, xususan masjidlar va maqbaralarning funksional hamda meʼmoriy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ularning yemirilishiga olib keluvchi tabiiy-iqlimiy va antropogen omillar hamda yodgorliklarni konservatsiya va restavratsiya qilish zarurati asoslab berilgan.
Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va taʼmirlash bo‘yicha davlat siyosatining tarixiy evolyutsiyasi, xususan mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, qonunchilik asoslari va xalqaro hamkorlik masalalari ham yoritilgan.
References
1. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Тошкент: Маънавият, 2008. 30-бет.
2. Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги Маданий мерос объектларини муҳофаза қилиш ва улардан фойдаланиш илмий ишлаб чиқариш Бош бошқармаси жорий архиви (Бундан кейин ЎРМВ ММОМҚФИИЧББ ЖА). Ўзбекистон масжидлари ҳақида маълумотнома.
3. Альмеев Р.В. Бухара - город музей. Ташкент, 1999. С. 14.
4. ЎРМВ ММОМҚФИИЧББ ЖА Ўзбекистон масжидлари ҳақида маълумотнома
5. ЎРМВ ММОМҚФИИЧББ ЖА. «Шоҳизинда» мажмуасидаги кириш биноси маданий мерос объекти кадастр иши. Самарқанд, 2011. 5-бет.
6. Ўзбекистон Республикаси: Қисқача маълумотнома. (Муаллифлар Э.Аҳмедов, З.Сайдаминова. 3- тўлдирилган нашри). Тошкент, 1995. 245-бет.









