OROLBO‘YI HUDUDIDA METABOLIK SINDROM BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA PSIXOEMOTSIONAL HOLAT VA HAYOT SIFATI KO‘RSATKICHLARINING YOSHGA BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI
Keywords:
Metabolik sindrom, psixoemotsional holat, hayot sifati, yosh omili, depressiyaAbstract
Ushbu tadqiqot Orolbo‘yi hududida metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda psixoemotsional holat va hayot sifati ko‘rsatkichlarining yoshga bog‘liq xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot kesim dizaynida o‘tkazilib, metabolik sindrom tashxisi qo‘yilgan bemorlar yosh omiliga ko‘ra uch guruhga ajratildi. Metabolik sindrom IDF mezonlari asosida baholandi, psixoemotsional holat PHQ-9, GAD-7 va Perceived Stress Scale yordamida, hayot sifati esa WHOQOL-BREF so‘rovnomasi orqali aniqlanildi. Olingan ma’lumotlar tavsifiy va inferensial statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar yosh oshishi bilan metabolik sindrom komponentlarining og‘irligi, depressiya, tashvish va stress darajalarining ortishini hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarining pasayishini ko‘rsatdi. Ayniqsa katta yoshdagi bemorlarda jismoniy va ruhiy farovonlikning sezilarli darajada yomonlashgani aniqlandi, o‘rta yosh guruhida esa stress darajasi nisbatan yuqori bo‘ldi. Korelyatsion va regressiya tahlillari yosh, abdominal semirish va arterial gipertenziyaning psixoemotsional buzilishlar bilan mustaqil bog‘liqligini tasdiqladi Tadqiqot natijalari metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarni baholash va davolashda yoshga moslashtirilgan, psixologik komponentlarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv zarurligini asoslaydi hamda Orolbo‘yi hududida profilaktik va reabilitatsion choralarni takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. Moskalenko O.L., Kasparov E. Features of psycho-emotional status and quality of life in patients with metabolic syndrome. Abstract presented at 25th European Congress of Endocrinology (2023). Описаны взаимосвязи между метаболическим синдромом, качеством жизни и психоэмоциональным состоянием пациентов.
2. Jumaniyazova Tupajon Alimovna, Tursunov Shixnazar Saparbayevich. Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarida salomatlik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari // Obrazovanie, nauka i innovatsionnye idei v mire. – 2025. – № 65(1). – С. 408-418.
3. Ahmed A., Rasheed A., Usman A., Farid A., Ali A., Akhtar M., Rasool A. Metabolic Syndrome and Its Association with the Quality of Life in Adults Globally – A Systematic Review. Journal of Society of Prevention, Advocacy and Research (2024). Систематический обзор влияния МС на качество жизни (физические, психосоциальные аспекты).
4. Associations among inflammation, mental health, and quality of life in adults with metabolic syndrome. Diabetology & Metabolic Syndrome, 2018;10:66. Исследование взаимосвязи воспаления, психического здоровья и качества жизни у взрослых с МС.
5. Алимова М. М. и др. Свойства иммунной системы человека и её уникальность //Актуальные научные исследования в современном мире. – 2017. – №. 5-3. – С. 106-108.
6. Курбанова Н. Н. и др. Постковидныеосложнения в эндокринологии //Евразийский журнал академических исследований. – 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 679-684
7. Khurbanova N. et al. The state of antioxidant system of mitochondrial fraction of the hepotocyteinearly terms of ishemic stroke in white rats //Интернаука. – 2017. – №. 12-2. – С. 51-53









