MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING O‘ZBEK TANQIDCHILIK ILMIDAGI MEROSI HAMDA “PADARKUSH” PYESASINING O‘ZBEK DRAMATURGIYASIDA TUTGAN O‘RNI

Authors

  • Ermatova Zulfiya Abdug‘aniyevna, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
  • Muminova Dilshodaxon Abduvaxitovna, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti (PhD)

Keywords:

Mahmudxo‘ja Behbudiy, “Padarkush”, jadid adabiyoti, o‘zbek dramaturgiyasi, ijtimoiy tanqid, tarbiya, axloqiy inqiroz, dramatik obraz, ramz, kinoya, ma’rifatparvarlik.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek jadid adabiyotiga mansub ilk dramatik asar -  Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasi tahlil qilinadi. Asarda ko‘tarilgan tarbiyasizlik, johillik, axloqiy inqiroz kabi muammolar va ularning dramatik ifodasi o‘rganiladi. Personajlarning ismlari orqali berilgan kinoyaviy ma’nolar, ramziy timsollar tahlil qilinib, ular orqali muallifning ijtimoiy-tarbiyaviy g‘oyalari ochib beriladi. Eduard Ollvordning baholashlariga tayanilgan holda, dramadagi har bir obrazning semantik yuklamasi chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada jadid adabiyotiga oid tanqidiy yondashuvlarga ham e’tibor qaratilib, asarning g‘oyaviy-badiiy darajasi va davr ma’naviyati bilan bog‘liqligi yoritiladi. Behbudiy dramasi orqali jadid adabiyotiga xos bo‘lgan shiorbozlik, da’vat, ma’rifatparvarlik va o‘tkir ijtimoiy tanqid elementlari namoyon qilinadi.

References

1. Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanqid – saralamoqdir. – Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to‘ldirilgan 3-nashri (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov). - Toshkent: Ma’naviyat, 2006.

2. Behbudiy Mahmudxo‘ja. Teatr nadur?. – Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to‘ldirilgan 3-nashri. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006.

3. Allworth, Edward A., The Modern Uzbeks: From The Fourteenth Century to The Present A Cultural History, Hoover Institution Press, Standford, 1990.

4. V.M. Behbudiy va uning tegrasiga yig‘ilgan yozg‘uvchilar. “Turkiston” gazetasi, 1923-yil 10 dekabr.

5. Behbudiy, Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. II jild. – Toshkent: Akademnashr, 2021.

Downloads

Published

2025-04-29

How to Cite

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING O‘ZBEK TANQIDCHILIK ILMIDAGI MEROSI HAMDA “PADARKUSH” PYESASINING O‘ZBEK DRAMATURGIYASIDA TUTGAN O‘RNI. (2025). ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH, 2(4), 532-535. https://universalpublishings.com/index.php/aijmr/article/view/11353