IQTISODIY JARAYONLARNI MODELLASHTIRISHDA GRETL DASTURIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINING SWOT TAHLILI
Keywords:
Gretl dasturi, SWOT tahlil, iqtisodiy modellashtirish, regressiya modeli, qishloq xo‘jaligiAbstract
Ushbu maqolada Gretl dasturidan foydalanishning iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishdagi samaradorligi SWOT tahlil asosida tahlil qilinadi. Gretl ochiq manbali dastur bo‘lib, statistik va ekonometrik modellar tuzishda qulay interfeys hamda kuchli funksional imkoniyatlarga ega. Maqolada Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida real ma'lumotlar bilan regressiya modeli tuzilib, Gretl dasturida natijalar tahlil qilindi. SWOT tahlil orqali dasturdan foydalanishdagi kuchli va zaif tomonlar, imkoniyatlar va xavflar aniqlanib, iqtisodiy tahlilda samarador foydalanish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur maqola ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va amaliyotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
References
1. Gujarati, D. (2009). Basic Econometrics. McGraw-Hill Education.
2. Kmenta, J. (1986). Elements of Econometrics. Macmillan.
3. http://gretl.sourceforge.net
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotlari (2015–2024)









