Abstract
Xelat hosil qiluvchi sorbentlarni sintez qilish, ular yordamida eritmalardan o‘tish metallari ionlarini kompleks hosil qiluvchi sorbsion usullar orqali ajratib olish, sorbsiya jarayonida hosil bo‘ladigan koordinatsion birikmalar tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish kimyo sanoatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ilgari adabiyotlarda karbamid, formaldegid va fosfor kislotasi asosida polikondensatsiya usuli bilan polifunksional kompleks hosil qiluvchi sorbent sintez qilingani haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, tiomochevina, epixlorgidrin va melamin asosida anionit, glisidilhosilali benzilamin, allilglisidil efir va polietilenamin asosida azot tutuvchi to‘r tuzilishli ionitlar hamda Sho‘rtan gazkimyo majmuasining kubik chiqindilarini furfurol bilan polikondensatsiya qilib
sulfatlash orqali yangi anion almashuvchi polimerlar olingani haqida ma’lumotlar mavjud

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
