Abstract
Pnevmoniya va bronxopnevmoniya bugungi kunda nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 450 millionga yaqin inson pnevmoniyaga chalinadi, shulardan 4 milliongacha holat o‘lim bilan yakunlanadi. Ayniqsa bolalar va keksa yoshdagi bemorlar orasida bu kasallik yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga ega. Bronxopnevmoniya esa o‘pka to‘qimalarining diffuz yallig‘lanishi bilan kechib, ko‘pincha virusli yoki bakterial infeksiya bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Zamonaviy sharoitda ushbu kasalliklarning klinik kechishi va rentgen belgilarini chuqur tahlil qilish to‘g‘ri tashxis qo‘yish, samarali davolash usullarini tanlash va asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
