Abstract
Butun Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) tomonidan qabul qilingan bir qator hujjatlarga ko‘ra B va C virusli gepatitlarini bartaraf etishga erishish bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. JSSTning virusli gepatit bo‘yicha sog‘liqni saqlash sektorining global strategiyasi «...2030-yilga qadar kasallanishni 6-10 million holatdan 1 milliondan kam holatgacha kamaytirish, o‘lim ko‘rsatkichini 1,4 milliondan 500,000 dan kamaytirishga qaratilgan....». JSST hisobotlariga ko‘ra, dunyoda taxminan 50 million kishida surunkali gepatit C virusi infeksiyasi mavjud bo‘lib, har yili 1,0 millionga yaqin yangi yuqish holatlari kuzatilmoqda (JSST 9 April 2024). Jahonda virusli B va C gepatitlarini bartaraf qilish dasturi doirasida turli diagnostika yondashuvlarni qiyosiy baholashni takomillashtirish maqsadida qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
