Abstract
Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (MTT) rivojlanish tamoyillari chuqur tahlil qilinadi. Mamlakatda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish jarayonida davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikning oʻziga xos shakli sifatida DXSh modeli ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, taʼlim sifatini oshirish hamda taʼlim muassasalarining son va sifati boʻyicha erkin raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu jihatdan olib qaralganda, DXSh asosidagi nodavlat MTTlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan asosiy rivojlanish tamoyillari – qonuniylik, ochiqlik, samaradorlik, innovatsion yondashuv, ijtimoiy adolat va monitoring tizimining mavjudligi alohida oʻrganiladi.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi. (2019). “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonun. 2019-yil 10-may.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2024). PF–152-son Farmon — Taʼlim sifatini oshirish va maktabgacha taʼlimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. 2024-yil 30-sentyabr.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi. (2023). Maktabgacha taʼlim tizimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha metodik qoʻllanma. Toshkent.
4. Abdurahmonov, Q. (2021). Taʼlim menejmenti asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya”.
5. Yoʻldoshev, J., & Hasanov, S. (2020). Maktabgacha taʼlimda boshqaruv va monitoring tizimlari. Toshkent: Oliy taʼlim nashriyoti.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
