Abstract
Oddiy husnbuzar (Acne vulgaris) — o‘smirlik va yosh davrida keng tarqalgan surunkali yallig‘lanishli dermatoz bo‘lib, yog‘ bezlar faoliyatining oshishi, follikulyar giperkeratoz, Propionibacterium acnes kolonizatsiyasi hamda gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Dunyoda bu kasallik 12–25 yosh oralig‘idagi aholining 80–90 foizigacha bo‘lgan qismini hayotining muayyan bosqichida zararlaydi. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa Andijon va Termiz singari iqlim jihatdan farq qiluvchi hududlarda, oddiy husnbuzarning uchrash chastotasi, klinik shakllari va jinsiy taqsimotida farqlar mavjud. Andijon viloyatining nam kontinental iqlimi terining yog‘ bezlari sekretsiyasiga boshqa yo‘sinda ta’sir etsa, Termizdagi issiq va quruq iqlim yog‘ ishlab chiqarilishini kuchaytiradi hamda yallig‘lanish jarayonlarini og‘irlashtiradi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
