Abstract
Dunyoning koʻpgina mamalakatlarida brutsellyoz bilan kasallanish sezilarli iqtisodiy va ijtimoiy zarar keltiruvchi keng tarqalgan kasallik xisoblanadi.
Brutsellyoz infeksiyasi deyarli butun dunyoda tarqalgan boʻlib, endemik tumanlarda kasallanish darajasi 0,01 dan 200 va undan ortiq koʻrsatkichlar oraligʻida saqlanib qolmoqda.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida qator virusli va bakteriyali yuqumli kasalliklarning sezilarlik darajada kamaytirilishiga, ayrimlarining esa butunlay yoʻqotilishiga erishildi. Lekin, brutsellyoz kasalligi tibbiyot fani va amaliyoti uchun dolzarbligicha qolmoqda. Chunki bu kasallik anʼanaviy tarzda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan oʻziga xos mavqega ega boʻlib, hayvon va inson organizmida infeksion jarayonning surunkali tus olishi bilan xarakterlanadi va uning bu xususiyati tufayli hayvonlar doimiy faol infeksiya manbaiga, uning mahsulotlari esa kasallikni yuqtirish omiliga aylanib, epizootik jarayon uzluksizligini taʼminlovchi asosiy vosita boʻlib qoladi

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
