Abstract
Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob sifatida 1917-yil fevral inqilobi qayd etiladi. Fevral inqilobi harbiy magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi. Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23 fevralda Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar boshlandi. U ish tashlashlar va namoyishlarga, kazaklar va politsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvlar bilan ulanib ketdi. Natijada esa 24 — 25 fevral da esa yalpi ish tashlashga aylanib ketdi. 26 fevralda qoʻshinlarga qarshi janglar, 27 fevralda yalpi ish tashlash qurolli qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻta boshladi
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.