Published April 16, 2024 | Version v1
Journal article Open

PO'LATXON KIM BO'LGAN YOXUD SOXTA PO'LATXON HAQIDA

  • 1. Namangan davlat universiteti Tarix yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Description

XIX asrning o‘rtalariga kelib Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar hamda ichki ahvol yanada og‘irlashgan edi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, buning sababi birinchidan, o‘troq aholi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi bo‘lgan qipchoqlar hokimiyatni tan olmaganlar. Xonlik hududlaridagi ba’zi viloyat hukmdorlari Musulmonqo‘lga qarshi chiqdilar. Ikkinchidan, hokimiyatda yuqori mavqyeni egallash hamda xonga ta’sir o‘tkazish uchun qipchoqlar orasida ham o‘zaro kurashlar borardi. Bu kurashlarda qipchoqlarning qulon urug‘idan bo‘lgan Musulmonquli ham faol ishtirok etgan. Uchinchi sabab esa, qipchoqlarning o‘troq aholiga nisbatan yuritgan siyosati edi. Qipchoqlar o‘troq aholiga nisbatan bepisandlik nazari bilan qarab, boshqa elat va etnik guruhlarni kamsitganlar. To‘rtinchidan esa, tashqi omil – Rossiya imperiyasining astasekinlik bilan xonlik hududlariga bostirib kirishi siyosiy jarayonlarning yanada keskinlashuviga sabab bo‘lgan edi

Files

272-278.pdf

Files (672.9 kB)

Name Size Download all
md5:ec60ece121be6743e240f610bc6dec24
672.9 kB Preview Download