Qandli diabetning kelib chiqish va davolash usullari
- 1. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti davolash ishi talabasi
- 2. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti o'qituvchisi
Description
Qandli diabet, qand kasalligi –organizmga insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma’lum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida e’tibor bergan. “suv qanday ichilgan bo’lsa , shu holatda chiqadi” , deb yozadi. Bemorning ko’p suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga to’xtab: “bemorga sovuq mijozli suyuqlik ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, ya’ni bemorni ho’lla sovut, deydi. Bu kasallik odam organizmiga issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo bo’lishini bildiradi. Qand kasalligi tarixi manbalarga ko’ra, nasliy bo’lishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand miqdori keskin ko’payib siydik bilan chiqib turadi( tarkibida qand moddasi bo’ladi) tashnalik, og’iz qurishi, ozib ketish,quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi.
Files
23-27.pdf
Files
(708.2 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:b7c15304df9ee082c28fad01a38eebeb
|
708.2 kB | Preview Download |