ESKI O'ZBEK YOZUVIDA FOYDALANILGAN YOZMA YODGORLIKLAR
- 1. Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili yo'nalishi) 2-bosqich talabasi
Description
Mazkur maqolada eski o‘zbek yozuvi va unda yaratilgan yozma yodgorliklarning tarixi, turlari, ilmiy va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Eski o‘zbek yozuvi asosan arab grafikasiga asoslangan bo‘lib, XII asrdan boshlab, XIX asrgacha keng foydalanilgan. Ushbu yozuv orqali yaratilgan adabiy, diniy va ilmiy qo‘lyozmalar O‘rta Osiyo va Sharqning ilmiy-madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan. Tadqiqotda eski o‘zbek yozuvida yaratilgan qo‘lyozma yodgorliklarning madaniy ahamiyati yoritilib, ularning tahlili o‘tkaziladi. Adabiy qo‘lyozmalar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabi yirik shaxslarning ijodi orqali o‘z davrining badiiy va estetik qiyofasini aks ettirgan. Diniy va ilmiy asarlar esa xalqning diniy-falsafiy qarashlari va ilmiy yutuqlarini ko‘rsatgan. Shuningdek, eski o‘zbek yozuvida yozilgan davlat hujjatlari va diplomatik yozishmalar orqali o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy aloqalar va davlat boshqaruvi tizimining yozma madaniyati o‘rganiladi. Maqola davomida qo‘lyozmalarning ilmiy va madaniy meros sifatida ahamiyati, ularni o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish masalalari ham keng yoritilgan. Bugungi kunda eski o‘zbek yozuvidagi yozma yodgorliklarni tadqiq qilish xalqimizning boy madaniy va ilmiy merosini saqlab qolish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Files
382-387 Abdunazarova Nazira Dilshod qizi.pdf
Files
(183.3 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:c2b6bec28b7da55e1b572a572ed8619e
|
183.3 kB | Preview Download |
Additional details
References
- 1. Karimov M. "Eski o'zbek adabiyoti tarixi." Toshkent: Sharq Nashriyoti, 2005.
- 2. Xamidov A. "Alisher Navoiy asarlarida o'zbek tili va yozuvi." Navoiy Davlat Universiteti Ilmiy Nashrlari, 2010.