Abstract
Ushbu maqolada atmosferadagi karbonat angidrid (CO₂) miqdorining ortishi, uning asosiy manbalari hamda global iqlim o‘zgarishiga ta’siri tahlil qilinadi. Karbonat angidridning issiqxona effekti hosil qilishdagi o‘rni, havo haroratining oshishi, muzliklarning erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi va ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishiga olib keluvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, CO₂ emissiyasini kamaytirish va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berilgan.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.